
Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Dinamo" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, yuqori bosim ostida kechdi deya olaman. Ayniqsa o‘yinda bunday to‘xtalishlar bo‘laversa ritmni buzadi. Bu muxlislarga yoqadi deb o‘ylamayman. Faqatgina hokkeyda bunday ko‘p to‘xtalish bo‘ladi, beshtalik almashadi. Bu futbolning foydasiga xizmat qilmaydi. "Andijon" yaxshi jamoa. Birinchi bo‘limda tenglik kuzatildi. Ikkinchi bo‘limda ustunlikni qo‘lga oldik. Vaziyatlarimizdan foydalandik. "Andijon" standart vaziyatlarda yaxshi o‘ynashini bilardik, shunday bo‘ldi ham. O‘yin yakunida omad bizga kulib boqdi", - deydi Vadim Abramov.
Ulug‘bek Abdullayev yiqitilgan vaziyatda VAR ham, hech kim reaksiya qilmadi. Uning boshi yorildi. Penalti belgilangan vaziyatda hakam yonida turgan edi. Biz bunga ham ko‘p vaqt yo‘qotdik.
- O‘tgan yili "Dinamo" to‘purari bo‘lgan Anvar Hojimirzayevga sermahsullik yetishmayapti...
- U bugun o‘zining yaxshi o‘yinini ko‘rsatmadi. O‘ylaymanki, Anvar keyingi o‘yinlarga o‘zini tayyorlay oladi. Bizning yetakchimiz.
- 10 yil ichida birinchi marotaba "Andijon"ni mag‘lub etdik. Jamoaning g‘alabaga ishonchi qanchalik edi?
- Shubhasiz biz istalgan boshqa shaharga borsak ham g‘alaba uchun harakat qilamiz. Muxlislar uzoqdan keldi, bizga ishonishdi. 10 yilda "Andijon"ni yutganimiz yoqimli.
- "Andijon"ning standartlariga tayyormidingiz?
- Shu bois qanotda ko‘p asabiylashdim. Kubokda yana uchrashamiz va bu jihatlarga e’tibor qaratamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar