date
views 117

Superliga. "Surxon" so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Navbahor"ni mag‘lub etdi

Superliga. "Surxon" so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Navbahor"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Navbahor" bahsi yakuniga yetdi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 1:0 hisobida raqibidan ustun keldi.

87-daqiqada Kiril Kolosnichenko tomonidan kiritilgan gol surxonliklarga 3 ochko taqdim etdi. Qiziqarlisi, uning o‘zi gol bo‘lishidan ikki daqiqa avval penaltidan unumli foydalana olmagandi.

Shu tariqa, "Surxon" ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi. "Lochinlar" hisobidagi 8 ochko esa o‘zgarishsiz qoldi.

"Surxon" – "Navbahor" 1:0
Gol
: 1:0 – 87, Kirill Kolesnichenko (Diyor Ramazonov)

"Surxon": 1.Artyom Potapov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 4.Nodirxon Ne’matxonov (5.Jamaldin Xodjaniyazov, 46), 6.Behzod Shamsiyev, 7.Dostonbek Tursunov, 10.Dmitriy Pletnev (15.Diyor Ramazonov, 79), 19.Muhammad-Ali Abdurahmonov (11.Abdug‘afur Haydarov, 59), 24.Sherzod Komilov (88.Dmitriy Kratkov, 64), 27.Asilbek Jumayev, 66.Behro‘z Shaydulov, 99.Sunnatilla Poyonov (9.Kirill Kolesnichenko, 59).
Zaxira: 16.Dilshod Yo‘ldoshev, 18.Nodir Abduxoliqov, 22.Javohir Jo‘rayev, 77.Asadbek Karimov.

"Navbahor": 16.Shukron Yo‘ldoshev, 7.Azim Ahmedov (8.Shohmalik Komilov, 46), 10.Shahzodbek Ubaydullayev (37.Alisher Odilov, 46), 11.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (9.Zabihillo O‘rinboyev, 46), 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Benjamin Teydi, 17.Ruslanbek Jiyanov, 33.Sergey Karpovich, 36.Gilerme Gedesh, 70.Abbos G‘ulomov (29.Pedro Augusto, 73), 99.Igor Gabriel.
Zaxira: 1.Umid Ergashev, 4.Shahzod Tairov, 21.Rian Islomov, 55.Komiljon Tojiddinov, 71.Navro‘zbek Iminjonov.

Ogohlantirishlar: Gilerme Gedesh (70), Igor Gabriel (90+5)
Urilmagan penalti: Kirill Kolesnichenko (84, darvozabon)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Surxon" so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Navbahor"ni mag‘lub etdi