
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Jahon chempionati IV divizionida g‘olib bo‘lgani bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev sportchilarimizning yutuqlarini alohida qiziqish va e’tibor bilan kuzatib boryaptilar”, deb yozdi u.
Sherzod Asadov aprel oyida O‘zbekistonning sport sohasidagi muvaffaqiyatlari futbol bilangina cheklanib qolmaganini qayd etib o‘tdi. Jumladan, xokkey bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham xalqaro maydonda ajoyib natija ko‘rsatdi. Armanistonda o‘tkazilgan jahon chempionatida xokkeychilar o‘z divizionida g‘olib bo‘lib, kelgusi mavsumda uchinchi divizionda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Bundan oldin, mart oyida Tailandda bo‘lib o‘tgan 18 yoshgacha bo‘lgan xokkeychilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham terma jamoa g‘alaba qozongan edi.

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz 12 ta — 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z tarixida birinchi marta umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
“Bu yutuqlar, eng avvalo, yigit-qizlarimizning tinimsiz mehnati, yuksak mahorati, mustahkam irodasi va matonati tufaylidir. Bunda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va tizimli davlat siyosatining ham alohida o‘rni borligini ta’kidlash joiz. Mamlakatimizda sport infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilandi, yangi maktablar ochilmoqda, sportchilarning professional rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda”, deya qayd etdi Sherzod Asadov.
Davlat rahbari xokkeychi va yengil atletikachilar yuksak zafarlari bilan tabriklab, ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar