
Ispaniyaning yetakchi sport nashrlarida "Real Madrid" klubining bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqinida juda qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda. Gap shundaki, agar "qirollik klubi" yaqinlashib kelayotgan "Barselona"ga qarshi "El-Klasiko"da mag‘lub bo‘lsa, italiyalik mutaxassisning iste’foga chiqarilishi ehtimoli ancha yuqori, deb yozishmoqda jurnalistlar.
Hozirda klub rahbariyati Anchelottidan joriy mavsumdagi natijalardan ko‘ngli to‘lmayapti va raqib klub bilan bo‘ladigan uchrashuv italiyalik mutaxassis uchun hal qiluvchi bo‘lishi mumkinligi aytilyapti.
Agar voqealar aynan shu ssenariy bo‘yicha rivojlansa, ya’ni "Real" kataloniyalik raqibiga mag‘lubiyatga uchrab, Karlo Anchelotti iste’foga chiqarilsa, unda "qirollik klubi"ning boshqaruvini klubning afsonaviy sobiq futbolchilari Raul yoki Santyago Solari vaqtinchalik o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Shundan so‘ng, AQSHda o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan keyin jamoa bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida Xabi Alonso ko‘rsatilmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, Santyago Solari uchun "Real Madrid"ga ustozlik qilish begona ish emas. 2018-19 yillarda u muayyan vaqt mobaynida "qirollik klubi"ni boshqargan edi.
Hozirda futbol muxlislari Karlo Anchelottining kelajagi hal bo‘ladigan "El-Klasiko"ni katta qiziqish bilan kutishmoqda. Bu uchrashuv natijasi klubning kelgusi taqdiriga ham sezilarli ta’sir qilishi mumkin.
Anchelotti va "Real" uchun hal qiluvchi "El-Klasiko": iste’fo, Raul yoki Solari va Xabi Alonso varianti? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar