SSKA Moskva derbisida "Spartak"ni mag‘lub etdi, Fayzullayev... (video)

SSKA Moskva derbisida "Spartak"ni mag‘lub etdi, Fayzullayev... (video)
Rossiya Premyer-ligasi 26-tur doirasidagi "Spartak" — SSKA o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda SSKA qiyinchilik bilan 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Dastlab 44-daqiqada Saul Guararipa hisobni ochdi. 87-daqiqa Esekyel Barko penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi. Ammo, ikki daqiqa o‘tib Kristian Bistrovich "armiyachilar"ga g‘alaba taqdim etgan golga mualliflik qildi.

Shuningdek, Srjan Babich ("Spartak") 90+3 daqiqada maydondan chetlatildi.

Abbosbek Fayzullayev esa o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 72-daqiqada zaxiraga olindi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar