date
views 2 336

A Seriya. "Inter" - "Roma": Mashhur saytlar o‘yin natijasini taxmin qildi

A Seriya. "Inter" - "Roma": Mashhur saytlar o‘yin natijasini taxmin qildi
Italiya A Seriyasining 34-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar orasida markaziy bellashuv sifatida "Inter" va "Roma" klublari o‘rtasidagi bahs e’tirof etilmoqda. Bu o‘yin muxlislar va ekspertlar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Sababi, Eldor Shomurodov yetakchiligidagi rimliklar bir necha turdan buyon mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirib, ajoyib sport formasini namoyish etib kelmoqda. Simone Indzagi boshqaruvidagi milanliklar esa bu mavsum chempionlik uchun kurashda "Napoli" bilan jiddiy raqobatga kirishgan.

Bu muhim uchrashuv oldidan bir qator nufuzli sayt va tahlilchilar o‘z taxminiy natijalarini e’lon qilishdi.

Jumladan, "Sports Mole" sayti tahlilchilari bu bellashuvda ikki jamoa kuchlari teng ekanligini ta’kidlab, hisob 1:1 ko‘rinishidagi durang bilan tugashini taxmin qilishmoqda.

"Sportsgambier" tahlilchilari esa "Inter"ning o‘z uyida ustunlikka ega bo‘lib, 2:0 hisobida zafar quchishi ehtimolini yuqori baholashgan.

"Goal" nashri ham ikki jamoa o‘rtasidagi kuchlar nisbatan teng ekaniga ishora qilib, 1:1 natijasi eng real ko‘rinayotganini qayd etgan.

Umuman olganda, ko‘plab mutaxassislar va sport nashrlari bugungi muhim uchrashuvda durang natija qayd etilishini taxmin qilishmoqda.

Eslatib o‘tish joizki, futbol muxlislari katta qiziqish bilan kutayotgan mazkur markaziy bellashuv bugun, 27 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi. Uchrashuv yakuni A Seriyadagi yuqori o‘rinlar taqdiri uchun katta ahamiyat kasb etishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. "Inter" - "Roma": Mashhur saytlar o‘yin natijasini taxmin qildi