date
views 446

«Nasaf»ning «Qizilqum» ustidan yirik g‘alabasida asosiy qahramon kim bo‘ldi?

«Nasaf»ning «Qizilqum» ustidan yirik g‘alabasida asosiy qahramon kim bo‘ldi?
O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan bellashuvda «Nasaf» o‘z maydonida «Qizilqum»ni qabul qilib, muxlislariga yorqin va yirik 4:0 hisobidagi g‘alabani taqdim qildi. Ushbu uchrashuvda g‘oliblarning gollariga Xebay, Bozorov, Norchayev hamda Rahmatov mualliflik qilishdi.

Biroq ushbu bahsda jamoa g‘alabasi uchun katta hissa qo‘shgan va har doimgidek "qora mehnat"ni bajargan futbolchi sifatida Akmal Mozgovoyning xizmatlari alohida e’tirof etilishi kerak.

Yarim himoyadagi futbolchi o‘yin davomida 126 marta to‘pga tegingan bo‘lsa, o‘z sheriklariga jami 110 ta pas uzatdi. E’tiborlisi, shulardan 105 tasi aniq manzilga yetib bordi (95 foiz aniqlik). Bu ko‘rsatkich bilan Mozgovoy joriy mavsumning eng yaxshi natijasini qayd etib, rekord o‘rnatdi. Ungacha bu mavsumdagi eng yaxshi natija «Andijon»ga qarshi bahsda 96 ta aniq pas uzatgan «Paxtakor» himoyachisi Abdulla Abdullayevga tegishli edi.

Ushbu yirik g‘alabadan keyin «ajdarlar» Superliganing turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga olishdi. Endi «Nasaf» futbolchilarini oldinda yanada muhim va mas’uliyatli o‘yinlar kutmoqda. Jumladan, keyingi turda jamoa «Xorazm» bilan kuch sinashadi. Shundan so‘ng «Bunyodkor» hamda O‘zbekiston Kubogi doirasidagi prinsipial raqibi «Paxtakor»ga qarshi o‘ta muhim bahslarda maydonga tushadi.

Muxlislar esa jamoaning keyingi uchrashuvlarda ham shunday ishonchli va chiroyli o‘yinlar ko‘rsatishiga umid qilishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf»ning «Qizilqum» ustidan yirik g‘alabasida asosiy qahramon kim bo‘ldi?
-->