
Professional boksda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi. O‘zbek bokschisining keyingi jangi AQSHning Las-Vegas shahridagi mashhur «Virgin Hotels» arenasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda BoxingScene nashri xabar tarqatdi.
Mazkur jang joriy yilning 30 may kuniga belgilangan bo‘lib, unda Meliqo‘ziyevga amerikalik kuchli va mag‘lubiyatsiz bokschi Darius Fulgum raqiblik qiladi. Fulgum shu paytgacha professional ringda 14 marotaba jang qilib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 12 raqibini nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratgan.
Bektemir Meliqo‘ziyev esa o‘zining oxirgi jangini 2024 yil noyabr oyida amerikalik Devid Stivensga qarshi o‘tkazgan va hakamlar qaroriga ko‘ra zafar quchgan edi. Ayni paytgacha Meliqo‘ziyev professional ringda 16 marta jang qilib, ularning 15 tasida g‘olib chiqqan. Ushbu g‘alabalardan 10 tasini nokaut bilan yakunlagan. Bektemir faqat bir martagina mag‘lub bo‘lgan.
Darius Fulgum oxirgi marta joriy yilning fevral oyida o‘z hamyurti Vinfred Xarris-Junior bilan to‘qnash kelib, jangning 4-raundida raqibini nokautga uchratgan edi.
Ma’lumot uchun, ushbu to‘qnashuv ikki bokschi uchun ham o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lib, g‘olib bo‘lgan sportchi o‘z vazn toifasida chempionlik kamari uchun jang qilishga yanada yaqinlashadi. O‘zbekistonlik ishqibozlar Meliqo‘ziyevdan bu safar ham yorqin g‘alaba kutishmoqda.
O'zbekiston yangiliklari Bektemir MeliqoziyevDarius FulgumVirgin HotelsLas VegasBoks JangiO‘zbekiston Sharafi Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar