date
views 196

Florian Virs «Bavariya» tarixidagi eng qimmat transfer bo‘lishi mumkin

Florian Virs «Bavariya» tarixidagi eng qimmat transfer bo‘lishi mumkin
«Bayer»ning yorqin yulduzi Florian Virs yozgi transferlar oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Yosh futbolchining kelajagi bo‘yicha juda qizg‘in muzokaralar boshlanib ketgan va uning yangi manzili sifatida “Bavariya” nomi eng ko‘p tilga olinmoqda.

Olmonlik taniqli sport jurnalisti Florian Plettenbergning ta’kidlashicha, «Bavariya» rahbariyati Virsni Myunxenga olib kelish borasida jiddiy harakat qilmoqda va futbolchining moliyaviy talablarini qondirish ular uchun muammo tug‘dirmaydi. Bundan tashqari, “Bavariya” 21 yoshli futbolchiga besh yillik shartnoma hamda yiliga 20-25 million yevro atrofida maosh taklif qilishga tayyor.

Biroq «Bayer» ham o‘zining yosh yulduzidan osonlikcha voz kechmoqchi emas. Leverkuzen klubi Virsni 120-130 million yevro miqdoridagi transfer summasi evaziga qo‘yib yuborishi mumkin. Agar kelishuv ushbu narxda amalga oshsa, bu «Bavariya» tarixidagi eng qimmat transferga aylanishi ehtimoli yuqori.

Florian Virsga faqatgina “Bavariya” emas, balki «Manchester Siti» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi ham futbolchi uchun qo‘yilgan talablarni bajarishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Florian Virs joriy mavsum «Bayer» tarkibida o‘zini ko‘rsatib, jamoaning Bundesligada yuqori natijalarga erishishida katta hissa qo‘shgan edi. Uning kelajagi yaqin kunlarda hal bo‘lishi kutilayapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Florian Virs «Bavariya» tarixidagi eng qimmat transfer bo‘lishi mumkin