17:04 / 22.11.2016
6 634

Ronaldu o‘z maqsadini ma’lum qildi

Ronaldu o‘z maqsadini ma’lum qildi

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishni juda xohlayotganini tan oldi.

«Mening maqsadim – har yili «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish. O‘tgan yili ushbu mukofotga ega bo‘la olmagandim. Umid qilamanki, bu safar yutaman», deya portugaliyalik futbolchining so‘zlarini keltirgan France Football.

Qayd etish kerakki, ushbu futbolchi joriy yilda jamoasi bilan EChLda g‘olib chiqqani va terma jamoasi bilan Evropa chempioni bo‘lgani uning mukofot g‘olibligi uchun favoritligini ta’minlamoqda.

Qolaversa, u Ispaniya chempionatida «Real» bilan kumush medal sohibiga aylangandi.

Bundan avvalgi xabarlarda, Ronalduning agenti Jorje Mendesh uning mijozidan boshqa hech kim «Oltin to‘p–2016»ga munosib emasligini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu o‘z maqsadini ma’lum qildi