date
views 397

Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inouega qarshi katta jangga tayyorlanmoqda

Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inouega qarshi katta jangga tayyorlanmoqda
O‘zbekistonlik professional boks yulduzi Murodjon Ahmadaliyev va yapon boksining asosiy yuziga aylangan Naoya Inoue o‘rtasidagi kutilgan to‘qnashuv bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. Jang 14 sentyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokioda tashkil etiladi.

Matchroom boxing promouterlik kompaniyasining rahbari Eddi Hirn o‘zining Instagram sahifasida Ahmadaliyev bilan tushgan suratini joylashtirib, ikki bokschi o‘rtasida kelishuv amalga oshganini ma’lum qildi.

«Barcha muzokaralar nihoyasiga yetdi. O‘zbek boksi kuchiga qarshi Monstr! Diviziondagi eng muhim va zo‘r jang bo‘ladi», — deya ta’kidladi Eddi Hirn.

Ma’lumot uchun, Naoya Inoue avvalroq 5 may kuni Las-Vegasda amerikalik Ramon Kardenas bilan to‘qnashuv o‘tkazadi. Agarda yapon bokschisi bu jangda g‘alaba qozonsa, sentyabr oyida o‘z kamarlarini Murodjon Ahmadaliyevga qarshi himoya qiladi.

Professional boksda yarim yengil vazn toifasining sobiq jahon chempioni, 30 yoshli Murodjon Ahmadaliyev (12 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, 9 nokaut) 2024 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan oxirgi jangda meksikalik Rikardo Espinosa Frankoni uchinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi. O‘sha g‘alabadan keyin o‘zbek sportchisi Inoueni jangga chaqirgan.

O‘z navbatida, 32 yoshli Naoya Inoue (29 g‘alaba, 0 mag‘lubiyat, 26 nokaut) hozirgi vaqtda super vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘lib, o‘z faoliyati davomida to‘rtta vazn toifasida jahon chempionligiga erishgan. Yaponiyalik «Monstr» taxallusi bilan mashhur bo‘lgan bu bokschi hozirda WBC, WBO, IBF va WBA chempionlik unvonlariga egalik qiladi.

Ushbu jang sport olamida katta qiziqish bilan kutib qolinmoqda. Murabbiylar va muxlislar tomonidan ushbu kurash ikki yirik chempion o‘rtasidagi yilning eng muhim va shov-shuvli janglaridan biri sifatida baholanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inouega qarshi katta jangga tayyorlanmoqda