date
views 176

Oston O‘runov "Persepolis" klubidan ketishi mumkin: vaziyat Turkiyada aniqlanadi

Oston O‘runov "Persepolis" klubidan ketishi mumkin: vaziyat Turkiyada aniqlanadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Eronning «Persepolis» klubi vingeri Oston O‘runovning jamoasini tark etishi haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Eronning bir qator ommaviy axborot vositalari, xususan, «parsfootball», «tarafdori» va «vista iran» nashrlari O‘runovning sotilishi ehtimoli borligini ma’lum qildi.

Nashrlarning ma’lumotiga ko‘ra, jamoaning bosh murabbiyi Ismoil Kartal o‘zbekistonlik legionerga ko‘p ishonch bildirmayapti. Shuningdek, klub rahbariyati ham futbolchini sotib yuborish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Lekin yakuniy qaror Turkiyada o‘tadigan mavsumoldi yig‘in paytida aniq bo‘ladi.

«Persepolis»ga o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida kelib qo‘shilgan O‘runov, jamoaning Eron Pro-ligasi chempionligini qo‘lga kiritishida muhim rol o‘ynagan edi. Biroq keyinchalik futbolchi o‘zining yuqori formasini ushlab qola olmadi.

O‘runov mavsum boshida O‘zbekiston terma jamoasi bilan Olimpiya saralash o‘yinlarida va FIFAning boshqa turnirlarida faol ishtirok etdi. Bu esa futbolchiga katta bosim o‘tkazib, uning jarohatlarini og‘irlashtirib yubordi. Natijada u ko‘plab muhim o‘yinlarni o‘tkazib yubordi va mutaxassislarning fikriga ko‘ra, jamoaning umumiy natijalariga salbiy ta’sir qildi.

Bosh murabbiy Ismoil Kartal esa kelgusi mavsum uchun O‘runovdan ortiqcha natija kutayotgani yo‘q va o‘z tarkibini yana ikki yangi va sifatli vinger bilan kuchaytirishni rejalashtirgan. Shuning uchun ham Turkiyada bo‘lib o‘tadigan 24 kunlik yig‘in futbolchi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Agar O‘runov ushbu tayyorgarlik paytida yana jarohat olsa, jamoa uni keyingi mavsum uchun rejalaridan chiqarishi ehtimoli yuqori.

Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov 2024/25 yilgi Eron chempionatida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va bir golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oston O‘runov "Persepolis" klubidan ketishi mumkin: vaziyat Turkiyada aniqlanadi