date
views 12

Simone Inzagi: "Lamin Yamalga qarshi maxsus taktika ishlab chiqdik, lekin uni to‘xtatish qiyin bo‘ladi"

Simone Inzagi: "Lamin Yamalga qarshi maxsus taktika ishlab chiqdik, lekin uni to‘xtatish qiyin bo‘ladi"
Bugun kechasi futbol muxlislari e’tibori Milan shahriga qaratiladi, chunki Chempionlar ligasi yarim finalining javob bahsida «Inter» va «Barselona» jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Uchrashuvdan avval Milan klubi bosh murabbiyi Simone Inzagi matbuot anjumanida jamoaning taktikasi va raqibning eng xavfli o‘yinchisi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Matbuot anjumanida Simone Inzagi «Barselona»ning yorqin yulduzi, kataloniyaliklarning yetakchisi bo‘lgan 17 yoshli Lamin Yamal haqida ham gapirib o‘tdi. Mutaxassis bu iqtidorli o‘yinchiga qarshi alohida e’tibor qaratilishi, lekin uni to‘liq zararsizlantirish imkoniyati kamligini tan oldi.

«Lamin Yamal? Unga qarshi alohida rejamiz bor. To‘p uning oyog‘iga tushishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilamiz, ammo bu deyarli ilojsiz vazifa. Shuning uchun u doimiy ravishda ikki futbolchimiz tomonidan jiddiy nazorat ostida bo‘ladi. Uni diqqat bilan kuzatib, harakatlarini cheklashga urinmoqchimiz. Lekin uni to‘xtatish qanchalik qiyinligini yaxshi bilamiz», – dedi Simone Inzagi.

Yosh Lamin Yamal bu mavsumda Chempionlar ligasi musobaqasida porlab, ko‘plab yetakchi klublarning diqqat markaziga tushgan edi. Uning tezligi, texnik mahorati va gol urish qobiliyati kataloniyaliklar uchun haqiqiy yangilik bo‘ldi. Bu yosh futbolchi birinchi bahsda ham «Inter»ga qarshi o‘yinda bir gol va bir assist bilan jamoasiga katta yordam bergandi.

Eslatib o‘tamiz, ikki jamoa o‘rtasida Kataloniyada o‘tgan birinchi yarim final uchrashuvida muxlislar ajoyib va gollarga boy o‘yinga guvoh bo‘lgan edi – uchrashuv 3:3 hisobida durang bilan yakunlangandi. Bu esa javob bahsini yanada qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo‘lishini anglatmoqda.

Bugungi o‘yin Milandagi mashhur «San-Siro» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 6 maydan 7 mayga o‘tar kechasi, soat 00:00 da start oladi. Uchrashuvni taniqli polshalik referi Shimon Marchinyak boshqarib boradi.

Muxlislar bu jangovor o‘yinda kim g‘alaba qozonib, finalga yo‘l olishini sabrsizlik bilan kutmoqda. Bugun futbol muxlislarini ajoyib kecha kutmoqda!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Simone Inzagi: "Lamin Yamalga qarshi maxsus taktika ishlab chiqdik, lekin uni to‘xtatish qiyin bo‘ladi"