
Joriy mavsumda O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan G‘uzorning "Sho‘rtan" klubi bugungi kunlarda bosh murabbiylik lavozimi uchun munosib nomzodni izlamoqda. Bir necha kun oldin jamoa rahbariyati Anvar Berdiyev bilan o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni to‘xtatganini rasman e’lon qilgan edi.
Hozirgi vaqtda klubni navbatdagi chempionat o‘yiniga yordamchi murabbiy Eldor Moyliyev tayyorlab turibdi. Ammo jamoa rahbariyati tez fursat ichida professional va yuqori darajali mutaxassisni jamoaga olib kelish maqsadida qator nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, "Sho‘rtan" klubining murabbiylik lavozimi uchun asosiy nomzodlar sifatida mahalliy futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan rossiyalik mutaxassis Aleksandr Xomyakov va Sergey Tokov ko‘rib chiqilmoqda.
Sergey Tokov hozirda O‘zbekiston Birinchi ligasida qatnashuvchi Toshkentning "Oqtepa" klubida o‘zbek futboli afsonasi Server Jeparov bilan birgalikda samarali faoliyat olib bormoqda. Tokovning boy tajribasi va murabbiylik mahoratini hisobga olgan holda, u "Sho‘rtan" uchun yaxshi variantlardan biri bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi nomzod Aleksandr Xomyakov esa mahalliy futbol muxlislariga juda yaxshi tanish. Xomyakov so‘nggi mavsumlarda "Andijon" klubida murabbiylik qilgan va ushbu jamoa bilan Superligada ko‘zga ko‘ringan natijalarni qayd etgandi. Uning o‘yin uslubi va jamoani tez shakllantirish qobiliyati "Sho‘rtan" rahbariyati e’tiborini tortgan.
Hozircha klub rahbariyati aniq qaror qabul qilmagan va ikki mutaxassis orasidagi yakuniy tanlov tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda. Har ikki nomzod ham "Sho‘rtan" jamoasiga zarur bo‘lgan yangi kuch, yangi g‘oya va yuqori natijalarni olib kelishga qodir mutaxassis sifatida qaralmoqda.
Qaysi murabbiy "Sho‘rtan" klubining kelajakdagi taqdirini o‘z zimmasiga oladi? Bu savolga yaqin kunlarda rasmiy javob beriladi va muxlislar jamoaning yangi rahbari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.
Biz esa bu muhim qaror haqidagi yangiliklarni kuzatib, sizlarga tezkor xabar berib boramiz. Zamin.uz bilan qoling!
Sho‘rtan KlubiO‘zbekiston SuperligasiAnvar BerdiyevEldor MoyliyevAleksandr XomyakovSergey Tokov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar