date
views 455

Devid Bekxem va Garri Nevill Angliya klubini sotib olishdi — maqsad Premer-liga!

Devid Bekxem va Garri Nevill Angliya klubini sotib olishdi — maqsad Premer-liga!
Angliya futbolining afsonaviy yulduzlari Devid Bekxem va Garri Nevill "Salford Siti" futbol klubini to‘liq egallab olishdi. Ular uchun bu loyiha nafaqat biznes, balki katta futbol olamida yana bir tarix yaratish imkoniyatidir. Sobiq "Manchester Yunayted" yulduzlarining yakuniy maqsadi — klubni Angliyaning eng yuqori divizioni, Premer-ligaga olib chiqish.

Eslatib o‘tamiz, Bekxem va Nevill bungacha ham "Salford Siti"ning hammuassislari edi. Ular bilan birga Niki Batt, Rayan Giggs, Fil Nevill va Pol Skouls kabi "92-yil avlodi" nomini olgan sobiq jamoadoshlari ham klubda ulushga ega edi. 2014 yilda ushbu guruh klubni xarid qilganidan keyin, 5 yil ichida jamoa to‘rt marta yuqori ligalarga ko‘tarilib, sezilarli yutuqlarga erishgan edi.

Biroq so‘nggi yillarda "Salford Siti" Ikkinchi ligada barqarorlashib qoldi. Endilikda klubni yuqori darajaga chiqarish maqsadida yangi rejalar tuzilmoqda. Shu yo‘lda Bekxem va Nevill klubning boshqa yirik investorlari – AQSHdagi mashhur konsalting kompaniyasi asoschisi Deklan Kelli va Britaniya tennis assotsiatsiyasi raisi Lord Mervin Deyvis bilan birlashib, klubni to‘liq egallashdi.

Bu jarayonda sobiq hamkorlari Batt, Giggs, Fil Nevill va Skouls o‘zlariga tegishli ulushlardan voz kechishdi. Hozirgi kunda yangi egalik guruhi va boshqa mayda investorlar klubning sport, infratuzilma va boshqa muhim sohalarini rivojlantirish uchun taxminan 15–20 million dollarlik mablag‘ ajratishgan.

"Salford Siti" uchun yangi davr boshlanmoqda. Afsonaviy futbolchilar va kuchli investorlarning ushbu birlashuvi jamoa muxlislari uchun katta umid uyg‘otmoqda. Maqsad aniq — Premer-liga va Angliya futbolining eng yuqori pog‘onalariga ko‘tarilish!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Devid Bekxem va Garri Nevill Angliya klubini sotib olishdi — maqsad Premer-liga!