date
views 4

Fevzi Davletov "Dinamo"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?

Fevzi Davletov "Dinamo"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?
Superliganing 9-turi doirasida "Dinamo"ga qarshi o‘yindan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida

- Uchrashuvning dastlabki 20 daqiqaligini yaxshi o‘tkazdik. Aynan 20-daqiqadan keyin biz pozitsion himoyada xatolar qilishni boshladik. Golni juda oson o‘tkazib yubordik. Markaziy chiziqdagilar va himoyadagilar oxirigacha o‘ynay olishmadi. Keyinchalik o‘yinni tenglashtira oldik, lekin hujumda bizda yakunlash sifati yetishmayapti. Ikkinchi bo‘limda biz ham raqiblar ham ochiq o‘yin namoyish qilishdi, bu muxlislarga ham yoqdi. Ko‘p vaziyat yaratyapmiz, biroq undan foydalanishda juda yomon o‘ynayapmiz.

- "Surxon" uzoq vaqt davomida Toshkentda o‘yinlarini o‘tkazdi. Ushbu mavsumga kelibgina jamoa Surxondaryoga qaytdi. Stadion, stadion yonida qarorgoh qurib bitkazildi. Bu jamoani birdam qilishda va natijalarga ta’sir o‘tkaza oladimi?

- Albatta, bu tabiiy. Hali jamoada qilinadigan ishlar bor. Futbolchilarning ruhiy holati unchalik yaxshi emas. Bu jamoaning ichki muammolari, lekin hozircha buni biz hal qila olmaymiz. Hatto shunday qiyinchiliklarga qaramasdan yigitlar xarakter ko‘rsata olishdi. Umid qilamanki, kelgusida bu muammolar bartaraf qilinadi.

- Bunga qadar jamoada Jahongir Abdusalomov sardor edi. So‘nggi paytlarda esa sardorlik bog‘ichi Behzod Shamsiyevga topshirilmoqda. U yetakchi sifatida jamoani oldinga boshlashga tayyormi?

- U hozir himoyada yetakchi futbolchi. Sardorlik bog‘ichi muhokama qilinmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fevzi Davletov "Dinamo"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?