date
views 878

Messi e’tirof etdi: “Usiz men bu darajaga chiqolmagan bo‘lardim”

Messi e’tirof etdi: “Usiz men bu darajaga chiqolmagan bo‘lardim”
Futbol olamining eng buyuk yulduzlaridan biri, «Oltin to‘p» sovrinini sakkiz marta qo‘lga kiritgan Lionel Messi faoliyatida uning o‘sishiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan futbolchi nomini oshkor qildi.

37 yoshli argentinalik afsona o‘zining ilk professional qadamlarida yonida bo‘lgan insonga yurakdan minnatdorlik bildirdi:

«Ronaldino menga eng katta ta’sir qilgan inson. Ayniqsa, faoliyatim boshida u meni qanday qabul qilgani va qo‘llab-quvvatlaganini unutolmayman. Uning mehr-munosabati, maydondagi ilhomi men uchun yo‘l ochdi», – dedi Messi.

Kataloniya davrining tajribali ustalari

Messi o‘z fikrida nafaqat Ronaldinoni, balki «Barselona»dagi afsonaviy jamoadoshlarini ham unutmadi:

«Andres Inesta va Xavi – men uchun juda qadrli futbolchilar. Ular bilan o‘ynash, ularning yonma-yonda ekanini his etish mening o‘sishimga xizmat qildi», – dedi u.

Mayamidangina emas – do‘stlar bag‘rida

Hozirda AQSHning “Inter Mayami” klubida faoliyat olib borayotgan Messi, jamoasidagi do‘stlari – Serxio Buskets, Jordi Alba va Luis Suares haqida ham katta mamnuniyat bilan gapirdi:

«Bu futbolchilar nafaqat jamoadoshlarim, balki eng yaqin do‘stlarim. Ular bilan bir jamoada ekanimdan baxtliman», – deya qo‘shimcha qildi u.

Messi Yevropadagi faoliyati davomida “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” klublarida to‘p surgan. 2023 yil yozidan esa u Amerika futbolida yangi sahifa ochdi, «Inter Mayami» safida o‘z kuchini sinab ko‘rmoqda.

Zamin.uz tahririyati Lionel Messining samimiy bayonotini futbol olamidagi do‘stlik, kamtarlik va minnatdorlikning yorqin namunasi sifatida baholaydi. Afsonaviy yulduzlardan o‘rnak olish – yosh avlod uchun eng katta motivatsiya!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi e’tirof etdi: “Usiz men bu darajaga chiqolmagan bo‘lardim”