
Joriy mavsumni “Milan” safida ijara asosida o‘tkazayotgan ingliz hujumchisi Temmi Abraxam yaqin haftalarda o‘z faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Turkiyaning yetakchi klublari — “Fenerbaxche” va “Beshiktosh” unga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Mashhur “Transfermarkt” portali tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Abraxamning transferi “Roma” klubi nazoratida bo‘lib, rimliklar 27 yoshli futbolchini yaxshi taklif tushsa, sotishga qarshi emas. Hozirda hujumchining bozor bahosi 15 million yevro atrofida baholanmoqda.
Abraxam 2023/24 yilgi mavsumni “Milan”da o‘tkazdi va ushbu jamoa safida 45 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi. Uning faoliyati davomida 10 ta gol va 7 ta assist qayd etgani qayd qilinmoqda. Bu ko‘rsatkichlar unga qarshi qiziqishlar ortganining bosh sabablaridan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Fenerbaxche” rahbariyati Abraxamni yangi mavsumdagi asosiy hujumchi sifatida ko‘rmoqda va jamoani Yevropa arenalarida kuchaytirish maqsadida harakat boshlagan. Shuningdek, “Beshiktosh” ham hujum chizig‘ini yangilash maqsadida uni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda.
Temmi Abraxamning “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha kuchda. Rim klubi hozircha futbolchi kelajagiga aniq nuqta qo‘ymagan, ammo yaxshi moliyaviy taklif tushsa, undan voz kechishga tayyorligini bildirgan.
Futbolchi o‘zi ham yangi chaqiruv va asosiy tarkibdagi doimiy o‘yin amaliyotiga intilayotgani ma’lum. Shu bois, Turkiya chempionati unga yangi bosqichga ko‘tarilish uchun kerakli maydonga aylanishi mumkin.
Zamin.uz tahririyati transfer bozoridagi jarayonlarni kuzatishda davom etadi. Temmi Abraxamning kelajakda qayerda to‘p surishi — yaqin kunlarda aniq bo‘lishi mumkin. Siz uni qaysi klubda ko‘rishni istardingiz? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar