
Angliya kubogining intiqlik bilan kutilgan finalida “Kristal Pelas” va “Manchester Siti” jamoalari o‘zaro chempionlik uchun maydonga tushishadi. Bellashuv oldidan bir necha nufuzli xalqaro nashrlar ushbu to‘qnashuv uchun o‘z taxminiy natijalarini e’lon qildi va ularning fikrlari turlicha.
“90min” nashri: sensatsiya kutilyapti
Futbol tahlilchilari “90min” sayti “Kristal Pelas”ni g‘olib sifatida ko‘rmoqda. Ular ushbu final uchrashuvida London jamoasi “Manchester Siti”ni 3:1 hisobida mag‘lub etishini bashorat qilmoqda. Ushbu natija nafaqat syurpriz, balki haqiqiy sensatsiya bo‘lishi mumkin.
“SportsMole”: "Siti" muvaffaqiyat qozonadi
“SportsMole” nashri esa, aksincha, chempionlik sari Gvardiola shogirdlari yuz tutadi, deb hisoblamoqda. Ularning taxminiga ko‘ra, “Siti” 2:1 hisobida g‘alaba qozonadi. Bu ssenariyda bellashuv tor doirada o‘tadi va jamoalar o‘rtasidagi farq katta bo‘lmaydi.
“Sportskeeda”: “shaharliklar” qahramonlik qiladi
“Sportskeeda” platformasi esa “Manchester Siti”ning yirik hisobda zafar quchishini kutayotganlar qatorida. Unga ko‘ra, final 0:3 hisobida “Siti” foydasiga yakun topadi. Bu xolda Xoland va jamoadoshlari to‘liq ustunlik ko‘rsatishadi.
Zamin.uz tahririyatidan:
Final o‘yini oldidan bunday turlicha taxminlar bellashuvning qanchalik qizg‘in va murosasiz o‘tishiga ishora bo‘lmoqda. Endi barcha nigohlar “Uembli”dagi hal qiluvchi jangda. Siz qaysi natijani real deb bilasiz? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar