
Italiya A Seriyasi 37-tur doirasidagi bir nechta o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Italiya chempionatida bir necha klublar o‘rtasida Yevropa Chempionlar ligasining so‘nggi yo‘llanmasi uchun kurash oxirgi turgacha davom etadigan bo‘ldi.
Bu imkoniyatga da’vogarlik qilayotgan jamoalar orasidan “Yuventus” va “Roma” 37-turda qimmatli g‘alabaga erishdi, “Latsio” esa, chempionlik uchun kurashayotgan “Inter” maydonidan durang bilan qaytdi.
Rimdagi o‘yinda 3-daqiqadayoq Janluka Manchini gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 21-daqiqada "Milan" o‘yinchisi Santyago Ximenes qo‘pol harakati sabab maydondan chetlatildi, ammo shunga qaramay taym so‘nggida Joau Feliks hisobni tenglashtirdi.
58-daqiqada Leandro Paredes jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etdi va darvozani ishg‘ol qildi. 87-daqiqaga kelib Brayan Kristante o‘yinda yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Butun o‘yin davomida faol harakat qilgan Eldor Shomurodov 84-daqiqada zaxiraga olindi.
"Yuventus" esa muhim o‘yinda Nikolas Gonsales (61-daqiqa) va Dushan Vlaxovich (88)ning gollari evaziga uch ochkoga ega chiqdi.
"Inter" "Napoli"ning ochko yo‘qotishidan foydalana olmadi. Milanliklar 90-daqiqada Pedroning penaltidan urgan goli tufayli g‘alabadan quruq qolishdi.
Italiya A SeriyasiYevropa Chempionlar LigasiningYuventus va RomaLatsio va InterRimdagi O‘yindaLeandro ParedesBrayan KristanteEldor ShomurodovNikolas Gonsales O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar