Ronaldo: “Anchelotti terma jamoani qayta tiklay oladi”

1 daqiqa o'qish714
Ronaldo: “Anchelotti terma jamoani qayta tiklay oladi”
Braziliya futbolining tirik afsonalaridan biri — Ronaldo “Real” va “Inter”dagi sobiq hamyurtlari Karlo Anchelottini Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ko‘rishdan mamnun ekanini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bu tayinlov milliy jamoa uchun yangi umidlar eshigini ochishi mumkin.

“Bu fantastik qaror! Anchelotti — o‘z sohasining yetuk ustasi. Bizda ko‘plab muammolar bor, jamoa aniq yo‘nalishsiz harakat qilyapti. Ammo endi murabbiy borasida muammoga nuqta qo‘ydik. Braziliya ko‘p yillardan beri jahon chempionatida g‘alaba qozona olmayapti. Buni o‘zgartirish uchun kuchli rahbarlik kerak, Anchelotti esa aynan shunday shaxs. U butun tizimni qayta tashkil qilish salohiyatiga ega,” — deya Ronaldoning so‘zlarini keltirmoqda mahalliy OAV.

Shuningdek, u terma jamoaning hozirgi holatiga nisbatan tanqidiy qarab, real vaziyatni ham inkor etmadi: “Biz hozirgi paytda o‘zimizga xos o‘yin uslubimiz va ishonchimizdan yiroqdamiz. Lekin men ishonaman — Anchelotti buni iziga soladi.”

Hozirgi paytda Braziliya terma jamoasi Jahon chempionati—2026 saralash bosqichida 14 turdan so‘ng 21 ochko to‘plab, 4-o‘rinni egallab turibdi. Bu natija mamlakat futbol jamoasiga nisbatan odatdagidan ancha past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Zamin.uz tahririyati Braziliya terma jamoasidagi o‘zgarishlar va Karlo Anchelottining rahbarligidagi ilk natijalarni diqqat bilan kuzatishda davom etadi. Sizcha, Anchelotti “selesao”ni jahon elitasiga qayta olib chiqa oladimi?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?