Joze Mourino Ueyn Runidan ko‘p narsa kutmoqda


“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino “Feyenoord”ga qarshi (4:0) o‘yindan so‘ng uchrashuvdagi gollardan biriga mualliflik qilgan Ueyn Runi haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.
“Ueyn Runi yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. U butun jamoa singari zo‘r o‘ynadi. Hisob 1:0 bo‘lganida ko‘proq gol urishga intildik va maqsadimizga erishdik. Runi jamoaga Yevropa Ligasida g‘alaba qozonishga yordam bersa yaxshi bo‘lardi. “MYu” ushbu sovrinni hech qachon yutmagan. Yevropa Ligasi eng yirik turnir emasligini bilaman. Lekin uni yutish yoqimli bo‘lardi”, – dedi portugaliyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Ueyn Runi yevrokubok bahslarida 39 ta gol kiritgan.































Izohlar 0
…