date
views 132

Superliga. Turning markaziy uchrashuvida "Nasaf" OKMKni mag‘lub etdi!

Superliga. Turning markaziy uchrashuvida "Nasaf" OKMKni mag‘lub etdi!
Superliganing 11-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - OKMK uchrashuvi ham o‘z nihoyasiga yetdi.

Bellashuvning 16-daqiqasida Husayn Norchayev hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida esa Nodirbek Abdurazzoqov oradagi farqni yo‘qqa chiqarib, hisobni tenglashtirdi. 78-daqiqada Dragon Cheran himoyachi va darvozabonning qo‘pol xatosidan unumli foydalangan holda, jamoasining g‘alabasini ta’minladi (2:1).

Mazkur g‘alabadan keyin "Nasaf" ochkolar sonini 25 taga yetkazib olib, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi olmaliqliklardan peshqadamlikni tortib oldi.

"Nasaf" – OKMK 2:1
Gollar
: Husayn Norchayev (Zafarmurod Abdiraxmatov) 16', Dragan Cheran (Zafarmurod Abdiraxmatov) 78' – Nodirbek Abdurazzoqov (Xurshid G‘iyosov) 52'

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne’matov, 6.Murodbek Rahmatov (24.Sardorbek Bahromov, 68), 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhitdinov, 18.Husayn Norchayev (99.Rubin Xebay, 68), 19.Stefan Cholovich (5.G‘olib G‘aybullayev, 46), 22.Igor Golban, 77.Oybek Bozorov (17.Suhrob Nurulloyev, 85), 92.Umarbek Eshmurodov (28.Shuhrat Muhammadiyev, 60).
Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 9.Javohir Sidiqov, 33.Bahodir Xalilov, 73.Diyorbek Asomiddinov.

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 4.Mirjamol Qosimov (11.Ruben Sanches, 71), 5.Giorgi Papava (27.Ali Abdurahmonov, 82), 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 9.Kleydi Datsi (8.Aziz Xolmurodov, 46), 10.Xurshid G‘iyosov (28.Arixiro Sentoku, 86), 15.Oybek Rustamov, 19.Ahmadullo Muqumjonov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 77.Nodirbek Abdurazzoqov (99.Asadbek Sobirjonov, 71).
Zaxira: 1.Humoyunshoh Sayyotov, 2.Akromjon Komilov, 13.Eldorbek Begimov, 90.Abubakr Rizo Turdialiyev.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. Turning markaziy uchrashuvida "Nasaf" OKMKni mag‘lub etdi!