
Hozirgina Toshkentdagi muhtasham “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston Kubogi ½ finali javob uchrashuvi nihoyasiga etdi. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi yarim final javob uchrashuvi 0:1 hisobida, “temiryo‘lchilar” g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi yarim final uchrashuvlarining umumiy hisobi bo‘yicha “Lokomotiv” jamoasi O‘zbekiston Kubogi-2016ning ikkinchi finalchisiga aylandi.
O‘zbekiston kubogi-2016. ½ final. Javob uchrashuvi
“Bunyodkor” (Toshkent) – “Lokomotiv” (Toshkent) 0:1
26.11.2016. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni.
Gol: T.Kopadze (75)
Dastlabki uchrashuv: “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 1:0
Shunday qilib, 30 noyabr chorshanba kuni Samarqand shahrida bo‘ladigan O‘zbekiston Kubogi-2016 finalida jamoamiz “Lokomotiv” bilan bahs olib boradi.
“Nasaf” uchun oltinchi final uchrashuvi bo‘lsada, shu paytgacha finalda “Lokomotiv” jamoasi bilan tuqnash kelmagan. O‘tgan yilgi kubok bahslarida jamoamiz “temiryo‘lchilar”ni yarim finalda musobaqadan chiqarib yuborishgan edi.
O‘zbekiston Kubogi-2016. Final
“Lokomotiv” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi)
30.11.2016. Samarqand sh., “Dinamo” stadioni. 13:00da “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar