
Rossiyaning Qozon shahrida bugun, ya’ni 26 noyabr kuni 2017 yilning 17 iyunidan 2 iyuliga qadar bo‘lib o‘tadigan Konfederasiyalar Kubogi musobaqasiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqa JCh–2018 turniridan bir yil avval o‘tkaziladi. Unda Rossiya termasi mezbon sifatida, Germaniya esa amaldagi jahon chempioni sifatida ishtirok etadi. Portugaliya esa Evropa chempioni maqomida qatnashadi.
Bundan tashqari, o‘z mintaqalarida chempion bo‘lgan Chili, Meksika, Avstraliya, Yangi Zelandiya tashrif buyuradi. Afrika Millatlar Kubogining fevral oyida aniqlanadigan g‘olibi ular qatoriga qo‘shiladi.
Qur’a natijasiga ko‘ra quyidagi terma jamoalar ikki guruhdan joy oldi.
“A” guruhi: Rossiya , Yangi Zelandiya, Portugaliya, Meksika;
“B” guruhi: Afrika chemioni, Chili, Avstraliya, Germaniya. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar