
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun BAAga qarshi juda muhim va hal qiluvchi bahsni o‘tkazadi. Ushbu o‘yin natijasiga ko‘ra milliy jamoamiz o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olishi mumkin.
Shu vaqtgacha BAA termasi bilan bo‘lgan uchrashuvlarda jami 14 nafar futbolchimizning nomi gollar ro‘yxatiga kiritilgan. Mazkur raqibga qarshi o‘yinlarda eng yaxshi natija hujumchi Igor Sergeyevga tegishli bo‘lib, u uchta gol bilan yetakchilik qilmoqda.
Shuningdek, ushbu raqibga qarshi natijali o‘yin ko‘rsatgan futbolchilarimiz qatoridan Nikolay Shirshov va Server Jeparov ham joy olishgan. Ular BAA darvozasiga ikki martadan gol kiritishga muvaffaq bo‘lishgan.
BAA termasini mag‘lubiyatga uchratishda hissasi bor futbolchilarimiz to‘liq ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan:
- Igor Sergeyev — 3 gol
- Nikolay Shirshov — 2 gol
- Server Jeparov — 2 gol
- Timur Kapadze — 1 gol
- Navro‘zbek Alimov — 1 gol
- Shohruh Gadoyev — 1 gol
- Maksim Shatskix — 1 gol
- Ravshan Bazarov — 1 gol
- Farhod Tojiyev — 1 gol
- Sanjar Tursunov — 1 gol
- Shuhrat Maqsudov — 1 gol
- No‘mon Hasanov — 1 gol
- Viktor Karpenko — 1 gol
- Otabek Shukurov — 1 gol
Bugungi bellashuvda ushbu ro‘yxatni yanada kengaytirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ehtimol, yangi nomlar gollar ro‘yxatida paydo bo‘lishi mumkin yoki avvaldan ushbu ro‘yxatda mavjud futbolchilar o‘z natijalarini yanada yaxshilashi mumkin.
Muxlislarning e’tiborida esa, eng avvalo, milliy jamoamizning bugungi bellashuvdagi g‘alabasi va yangi tarix yozilishi turadi. O‘yinga tayyorgarlik olib borayotgan futbolchilarimizga omad tilaymiz va tarixiy g‘alabaning yangi qahramonlari bo‘lishlariga ishonamiz! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar