
Angliyaning “Manchester Siti” jamoasida uzoq yillardan buyon yuqori saviyada to‘p surib kelayotgan Kevin De Bryuyne karyerasida yangi bosqich boshlanishi mumkin. Belgiyalik mahoratli yarim himoyachi endi faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirish ehtimoli ortib bormoqda.
Mashhur insayder Janluka Di Marsio tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Istanbulning “Fenerbaxche” klubi 33 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha juda faol harakat qilmoqda va unga Italiyaning “Napoli” klubiga nisbatan ancha foydali va maosh jihatdan manfaatliroq taklif yo‘llagan.
Ayni paytda “Fenerbaxche” jamoasi rulda Joze Mourino kabi tajribali murabbiy turibdi va aynan u De Bryuyneni o‘z sxemasiga mos futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Mourinoning rejalarida Kevinga katta o‘rin berilgani aytilmoqda.
Shu bois, De Bryuyne endi turkiyalik grandga o‘tish masalasini jiddiy tarzda ko‘rib chiqmoqda. Uning faoliyatidagi keyingi bosqich qanday kechishi va qaysi klub bilan hamkorlik qilishini aniqlash uchun endi ko‘p kutilmaydi — qaror yaqin soatlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Kevin De Bryuynening “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil 30 iyungacha amal qiladi. Undan so‘ng futbolchi erkin agent maqomini qo‘lga kiritadi va uni transfer uchun xarid qilish shart bo‘lmaydi.
Agar bu transfer amalga oshsa, bu nafaqat Turkiya futboli uchun, balki Yevropa futbol bozoridagi katta voqealardan biriga aylanishi shubhasiz. Chunki De Bryuynening tajribasi va o‘yin sifati “Fenerbaxche”ning chempionlik yurishlariga yangi ruh bag‘ishlashi mumkin.
Kevinning yangi manzili va Mourino qo‘l ostidagi kelajagi futbol muxlislari uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar