
UFC 316 turnirining kutilgan “co-main event” — ikkinchi asosiy janglaridan biri o‘z yakuniga yetdi. Oktagonda ikki tajribali amerikalik jangchi — Julianna Penya va Kayla Xarrison o‘zaro to‘qnashdi.
Jang avvalidanoq qizg‘in va murosasiz tarzda kechdi. Ikkala sportchi ham yuqori tempda harakat qildi, to‘qnashuvda kuch va texnika, parter va stoyka elementlari mavjud bo‘ldi. Biroq barcha qiziqishlar ikkinchi raundda o‘z yakuniga yetdi: Xarrison raqibini sabmishn (majburiy taslim etish) orqali mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu g‘alaba orqali Kayla Xarrison UFC ayollar o‘ta yengil vazn toifasida yangi chempion sifatida tarixga kirdi. Uning g‘alabasi nafaqat texnik jihatdan mukammal harakatlar bilan yodda qoldi, balki psixologik ustunlik va tajriba ham o‘z samarasini berdi.
Eslatib o‘tamiz, Xarrison avvalroq boshqa promoushenlarda yuqori darajadagi natijalar qayd etgan va UFC oktagonida ham o‘z so‘zini aytishga tayyor ekanini ushbu jangda amalda isbotladi.
Turnirning asosiy janglaridan biri hali oldimizda — super to‘qnashuv: Merab Dvalishvili – Shon O'Melli dueli. Bu jangda ham yuqori dinamika, kurashda intriga va hayajon kutilmoqda.
Zamin.uz tahririyati UFC 316 turnirining barcha janglari va natijalarini tezkor ravishda yoritishda davom etadi. Xarrisonning chempionlik g‘alabasi UFC ayollar divizionida yangi davr boshlanganini bildirishi mumkin. Tafsilotlar batafsil — bizda qoling! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar