
Braziliyaning taniqli yulduzi, “Santos” klubi hujumchisi Neymar Junior uchun omadsiz davr davom etmoqda. Jahon futbolidagi eng iste’dodli o‘yinchilardan biri hisoblangan 33 yoshli futbolchi yangi muammoga duch keldi — unda koronavirus aniqlandi.
“Santos” klubi rasmiy bayonotiga ko‘ra, jamoa tibbiyot xizmatlari futbolchining holatidan shubhalanib, unda tekshiruv o‘tkazgan. Natijada, COVID-19 virusi yuqtirilgani tasdiqlangan.
“Neymarda kasallik belgilari namoyon bo‘lishi bilanoq, u izolyatsiya qilindi va laboratoriya tahlillari shoshilinch tarzda olib borildi. Ayni paytda u uy sharoitida shifokorlar ko‘rsatmalariga binoan davolanmoqda”, — deyiladi klub bayonotida.
Neymar joriy yil boshida o‘zining ilk klubi — “Santos”ga qaytgandi. Ammo bu qaytish kutilgancha shov-shuvli va samarali kechmayapti. Jarohatlar, formadagi yo‘qotish va endi koronavirus — bularning barchasi unga o‘z o‘yinlarini tiklashda jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.
Uning qaytishiga katta umid bog‘lagan Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham unga vaqt berishga qaror qilgan. Ammo bu so‘nggi holat yuzasidan jamoadagi rejalarga ham ta’sir qilishi mumkin.
Neymar “Santos” safidagi yangilangan mavsumda hozircha atigi 14 uchrashuvda maydonga tushdi, 3 ta gol va 3 ta assist bilan kifoyalandi. Bu ko‘rsatkich uning elita darajasidagi natijalaridan ancha uzoq ekani barchaga ayon.
2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishni katta maqsad qilib olgan Neymar uchun bu sinovli damlar muvaffaqiyat sari qaytish yo‘lidagi jiddiy to‘siq hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar