date
views 340

Oq formada maydonga tushamiz: Qatarga qarshi kurashga tayyormiz!

Oq formada maydonga tushamiz: Qatarga qarshi kurashga tayyormiz!
O‘zbekiston terma jamoasi 10- iyun kuni Jahon chempionati-2026 saralash bosqichi doirasida Qatarga qarshi muhim o‘yinni o‘tkazadi. Bugun ushbu bahs oldidan har ikki jamoa rasmiylarining ishtirokida rasmiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda OFK vakillari tomonidan o‘yin tashkilotiga oid muhim jihatlar — reglament talablari, matbuot bilan ishlash, marketing faoliyati, tibbiy ko‘riklar hamda xavfsizlik masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli axborotlar alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, o‘yinda jamoalar qanday libosda harakat qilishi ham ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq oq rangdagi asosiy formasida maydonga tushadi. Darvozabonimiz esa qora rangli libosda harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 18:45 da start oladi. Stadion tribunalarida muhlislarimizning qo‘llab-quvvatlovi jamoamizga yanada ruh va kuch bag‘ishlashi shubhasiz.

Siz ham oq formadagi qahramonlarimizni qo‘llab-quvvatlang — katta o‘yin qarshisida birlashaylik!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oq formada maydonga tushamiz: Qatarga qarshi kurashga tayyormiz!