date
views 270

Xvicha Kvaratsxeliya Kann shahrida o‘g‘irlik qurboni bo‘ldi

Xvicha Kvaratsxeliya Kann shahrida o‘g‘irlik qurboni bo‘ldi
PSG va Gruziya terma jamoasi futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliya Fransiyaning Kann shahrida o‘g‘irlik qurboni bo‘ldi, deb xabar berdi euro-football.ru. Dam olish vaqtida futbolchining yashayotgan uyiga jinoyatchilar bostirib kirib, qimmatbaho buyumlarni olib ketishgan.

Hodisani sodir bo‘layotgan paytda Kvaratsxeliya uyda bo‘lmagan. Hozirda politsiya voqeani tergov qilishni boshlagan.

Qishgi transferdan so‘ng Kvaratsxeliya PSJ safida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan.

PSJ navbatdagi uchrashuvini 15 iyun kuni “Atletiko”ga qarshi Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati guruh bosqichida o‘tkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xvicha Kvaratsxeliya Kann shahrida o‘g‘irlik qurboni bo‘ldi