
Madridning taniqli “Atletiko” klubi rasman ma’lum qildi — jamoa Qozog‘istonda ilk futbol akademiyasini ochmoqda. Ushbu loyihaga oid rasmiy vizual maketi va loyiha rasmlari jamoatchilikka taqdim etildi.
Akademiya Qozog‘istonning Olmaota viloyatida joylashgan Talgar shaharchasidagi “Oqbuloq” Olimpiya sport bazasi negizida barpo etiladi. Loyiha doirasida bir necha zamonaviy o‘quv-mashg‘ulot maydonlari, yopiq sport majmuasi, yotoqxonalar, yoritilgan mashg‘ulot maydonlari va 10 ming o‘rinli stadion qurilishi rejalashtirilgan.
E’lon qilingan maketlarda maydonlar to‘plami, avtoturargohlar, zamonaviy infratuzilma va “Atletico de Madrid” logotipi bilan bezatilgan sport inshootlari ko‘zga tashlanadi. Bu loyiha nafaqat Qozog‘istonda, balki butun Markaziy Osiyoda futbol rivojiga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan “Atletiko” prezidenti Endrea Berton Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Tokayev bilan uchrashib, unga klubning imzolar bilan bezatilgan 10-raqamli futbolkasini taqdim etdi. Bu voqea loyihaga rasmiy va strategik darajadagi yetarlicha e’tibor qaratilganini ko‘rsatadi.
Akademiya faoliyati qachon boshlanadi?
Rejaga ko‘ra, 2025 yil iyun oyida akademiya uchun dastlabki tanlov saralovlari o‘tkaziladi. Unda 2012–2014 yillarda tug‘ilgan iqtidorli futbolchilar qatnashishi mumkin. Sentyabr oyida esa ilk talabalar rasman o‘qishga qabul qilinadi.
Yana bir muhim yangilik — 2025 yil 23 avgust kuni akademiya va Qozog‘iston Jahon ligasi yulduzlaridan tuziladigan jamoa o‘rtasida katta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Unda “Atletiko”ning skautlari ham qatnashib, iqtidorlarni kuzatish imkoniga ega bo‘ladi.

Ushbu akademiya nafaqat professional futbolchilarni tayyorlash, balki Yevropa klublari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydigan mustahkam platformaga aylanishi kutilmoqda. Mutaxassislar fikricha, “Atletiko”ning Markaziy Osiyodagi birinchi loyihasi katta iqtidorlarni kashf etish va ularni Yevropaga olib chiqishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Qisqasi, endi Qozog‘istondagi yosh futbolchilar uchun futbol orzusi Madriddan juda uzoq emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar