
Senegal terma jamoasi Angliyaga qarshi Nottingemda o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida kutilmagan g‘alabaga erishdi — 3:1, deb kursiv.media xabar berdi.
Uchrashuv «City Ground» stadionida bo‘lib o‘tdi va 7-daqiqada Garri Keyn («Bavariya») tomonidan kiritilgan gol bilan boshlandi. U darvozabon qaytara olmagan to‘pni darvozaga yo‘lladi. Biroq bu ustunlik uzoqqa cho‘zilmadi.
40-daqiqada Ismaila Sarr («Kristal Pelas») Angliya himoyasidagi xatodan foydalanib hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda Senegal bosimni kuchaytirdi va 62-daqiqada Abif Diarra («Strasburg») jamoasini oldinga olib chiqdi — 2:1.
Angliyaning hisobni tenglashtirish urinishlari samara bermadi. Qo‘shimcha vaqtning 90+3-daqiqasida Sheyx Sabali («Mets») qarshi hujumni yakunlab, o‘yinga nuqta qo‘ydi — 3:1.
Asosiy statistika:
• Darvozaga zarbalar: Angliya — 8, Senegal — 11
• To‘pga egalik qilish: Angliya — 60%, Senegal — 40%
• Aniq zarbalar: Angliya — 4, Senegal — 9
• Faollar: Angliya — 12, Senegal — 18 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar