
Angliyaning yetakchi klublaridan biri — “Manchester Siti” navbatdagi yosh iste’dodni o‘z safida ko‘rishga tayyorlanmoqda. Bu galgi mavzu — Norvegiyaning “Rusenborg” klubida porlayotgan yarim himoyachi Sverre Nyupan haqida. The Athletic nashrining xabar berishicha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniga yetayotgan bo‘lib, hozirda futbolchining shaxsiy shartlari muhokama qilinmoqda.
Agar kelishuv amalga oshsa, Nyupan Norvegiya chempionati tarixidagi eng qimmat transferga aylanishi mumkin. Bu esa nafaqat “Rusenborg” uchun, balki butun skandinav futboli uchun muhim voqea bo‘ladi. Manchester klubi Nyupanni darhol asosiy jamoaga qo‘shmasligi, aksincha, uni rivojlanish maqsadida bir mavsumga ijaraga yuborishi rejalashtirilgan.
21 yoshli iste’dodli futbolchi “Rusenborg” asosiy tarkibida hozirgacha 70 marta maydonga tushib, 14 ta gol kiritgan. Uning tezkor harakatlari, maydondagi aqlli pozitsiya tanlashi va to‘p bilan ishlash madaniyati Yevropaning top klublarini o‘ziga jalb etmoqda.
Shuningdek, Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” bu mavsumni Angliya Premer-ligasida 71 ochko bilan yakunlab, uchinchi o‘rinni egalladi. Bu esa klub uchun yangi kuchlarni jalb etish va tarkibni yangilashni dolzarb qiladi.
Sverre Nyupan transferi “shaharliklar”ning yosh iste’dodlarga qanchalik katta e’tibor qaratayotganidan dalolat beradi. Agar u “Siti” tarkibiga qo‘shilsa va rivojlanishda davom etsa, kelajakda jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylanishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar