date
views 244

Leroy Sane "Galatasaroy"da: Turkiyaning yangi yulduzi rasman yetib keldi!

Leroy Sane "Galatasaroy"da: Turkiyaning yangi yulduzi rasman yetib keldi!
Turkiyaning eng taniqli va muxlislari ko‘p jamoasi — “Galatasaroy” bu yozda transfer bozorini yana to‘lqinlantirdi. Bir necha yillar davomida “Bavariya” safida o‘z o‘rnini topgan, Germaniya terma jamoasi a’zosi Leroy Sane endi istanbulliklar safida to‘p surishga tayyorlanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Leroy Sane klub bilan barcha shartlar bo‘yicha kelishuvga erishdi va Turkiyaga yetib keldi. Ushbu transfer katta ehtimol bilan yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi. Sane tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tsa, yangi klubida afsonaviy 10-raqamni qabul qilishi kutilmoqda.

Turkiya OAV xabariga ko‘ra, yangi futbolchi haftasiga 300 ming yevro maosh oladigan bo‘ldi. Shartnoma 2028 yilga qadar amal qiladi va bu davr mobaynida Leroy Sane “Galatasaroy”ning asosiy hujumkor kuchlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Istanbulga qadam qo‘ygan Sane muxlislar tomonidan katta shovqin va samimiy ehtirom bilan kutib olindi. “Galatasaroy”ning transfer siyosati yana bir bor muxlislarini quvontirdi va Yevropa futbol jamoatchiligining e’tiborini o‘zining yangi yulduzi bilan tortdi.

Yaqin kunlarda jamoa yangi futbolchisini rasman taqdim etishi kutilmoqda. Muhlislar esa Sane bilan katta yutuqlar va chempionliklar kutmoqda!

Zamin.uz muxlislariga savol:
Siz Leroy Sanening Turkiyadagi kelajagini qanday baholaysiz? Yangiliklarimizni kuzatib boring!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Leroy Sane "Galatasaroy"da: Turkiyaning yangi yulduzi rasman yetib keldi!