
Boks olamining eng qiziqarli va intiqib kutilgan janglaridan biri nihoyat rasman tasdiqlandi. Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim chempionlik kamari sohibimiz Murodjon Ahmadaliyev va super yengil vaznning mutlaq hukmdori, yaponiyalik Naoya Inoue 14 sentyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida ringga chiqishadi.
Yarim yillik intizorlik va muzokaralar yakunlandi
Aytish kerakki, mazkur to‘qnashuv uzoq vaqtdan beri boks jamoatchiligi orasida muhokama qilib kelindi. Murodjon Ahmadaliyev keyingi janglaridan so‘ng bir necha marta jamoatchilik oldida Naoya Inoueni ochiq jangga chaqirgandi. Biroq Inouening javobi doimo noma’lum bo‘lib, boks dunyosida turli mish-mishlar va taxminlar yuzaga kelgan edi.

Boshqa tomondan, WBA tashkiloti Inouega aniq talab qo‘yib, agar u jangni qabul qilmasa, chempionlik kamaridan mahrum etilishini ma’lum qildi. Nihoyat, uzoq muzokaralardan so‘ng Ahmadaliyevning promouteri Eddi Xirn va menejeri Vadim Kornilov yaponiyalik chempioning jamoasi bilan kelishuvga erishdi va kelishuv shartnomasi imzolandi.
Ikki chempion — bitta maqsad
Naoya Inoue bu yilning 4 may kuni Las-Vegasda Ramon Kardenasni mag‘lub etgan bo‘lsa, Murodjon Ahmadaliyev esa 31 may kuni Meksikaning Gvadalaxara shahrida Luis Kastilyo ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Ikkala bokschi ham bugungi kunda dunyo boksining eng sara nomzodlari qatorida. Ular to‘liq tayyorlikda va yuqori ruhda ringga chiqishadi.
Jahon boks jamoatchiligi katta intrigada
Bu jang nafaqat ikki chempionning, balki ikki maktabning — o‘zbek va yapon boksining ham bahsi bo‘ladi. Kuchli mushtlar, yuqori texnik mahorat va jangdagi intriga barcha muxlislarni ring atrofiga to‘playdi.
Boshqa tomondan, bu to‘qnashuvdan keyin chempionlik kamari egasi o‘z yo‘nalishidagi mutlaq favorit sifatida tan olinadi. Bu haqiqiy tarixiy bahs bo‘ladi! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar