
Kolumbiyada 72 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan samolyot aviahalokatga uchradi.
Washington Post nashri bergan xabarga ko‘ra, samolyot Boliviyadan uchgan va Medelin aeroportiga kelish yo‘lida qulagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida Braziliyaning «Shapekoense» futbol jamoasi futbolchilari ham bo‘lgan. Ular Medelinga Kopa Sudamerikana musobaqasida «Atletiko Nasonal»ga qarshi 1 dekabrda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan uchrashuvga uchib ketayotgan bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 27 futbolchi va bir qancha jurnalistlar bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar