
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasidagi navbatdagi bellashuvda Angliyaning mashhur "Chelsi" jamoasi AQSH vakili "Los-Anjeles" ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Uchrashuv London klubi foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi.
Bellashuvning birinchi bo‘limida "Chelsi" hujumlarini faollashtirdi va 34-daqiqada Netuning aniq zarbasi orqali hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda ham ustunlikni qo‘ldan boy bermagan "aristokratlar" 79-daqiqada Enso Fernandes tomonidan kiritilgan gol bilan ustunlikni mustahkamladi.
"Chelsi" - "Los-Anjeles" 2:0
Gollar: Netu (34), Enso Fernandes (79)
"Chelsi" asosiy tarkibi:
Sanches, Kukurelya, Koluill, Adarabioyo, Ris Djeyms, Kaysedo, Laviya, Madueke, Palmer, Netu, Djekson.
Zaxirada: Jorj, Giu, Nkunku, Santos, Essugu, Anselmino va boshqalar.
"Los-Anjeles" tarkibi:
Loris, Xollingsxed, Segura, Long, Palensiya, Delgado, Jezus, Tillmann, Buanga, Ebobiss, Ordas.
Zaxirada: Ochoa, Marlon, Saldanya, Jiru, Vibovo va boshqalar.
O‘yin davomida "Chelsi" jamoasi maydonda ko‘proq to‘pni nazorat qildi, hujumda faol harakat qildi va himoyada ham ishonchli o‘yin namoyish etdi. "Los-Anjeles" esa ayrim epizodlarda qarshi hujumlar uyushtirishga urindi, biroq hisobni o‘zgartira olmadi.
Mazkur g‘alaba bilan "Chelsi" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida kuchli da’vogarlardan biri ekanini yana bir bor isbotladi. Endi London jamoasi keyingi bosqichda yanada kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar