Abduqodir Xusanov — Osiyo futbolidagi eng qimmat o‘yinchiga aylandi!

1 daqiqa o'qish20.6K
Abduqodir Xusanov — Osiyo futbolidagi eng qimmat o‘yinchiga aylandi!
O‘zbek futbol tarixi yana bir bor yozilayotgani rost! “Manchester Siti” markaziy himoyachisi Abduqodir Xusanov rasman Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi. Bu haqda Transfermarkt portali e’lon qilgan so‘nggi baholash natijalari tasdiq bo‘ldi.

21 yoshli Xusanovning bozor qiymati hozirda 35 million yevroga yetdi — bu Osiyodagi barcha futbolchilar orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ushbu natija nafaqat O‘zbekiston futboli uchun, balki butun mintaqa uchun jahon miqyosidagi muvaffaqiyat hisoblanadi.

Kimlardan ustun?

Yangi reytingda Abduqodirni quyidagilar kuzatib boryapti:
- Takefusa Kubo (Yaponiya, €30 mln, Real Sociedad)
- Li Kan In (Koreya, €25 mln, PSG)
- Zayon Suzuki (Yaponiya, €20 mln, Parma)
- Kaishu Sano, Xyonmin Son, Xi Chan Xvang kabi yulduzlar ham Xusanovdan pastda joylashgan.
Abduqodir Xusanov — Osiyo futbolidagi eng qimmat o‘yinchiga aylandi!
Ayni vaqtda katta tajribaga ega “Tottenhem” yetakchisi Son Xin Min yoki PSJda to‘p surgan Li Kan In ham Abduqodirdan ortda qolgani — uning qanday yuqori tempda o‘sib borayotganini yana bir bor namoyon etmoqda.

Yevropa klublarining diqqatida

Xusanovning 21 yoshida bu qadar yuqori qiymatga yetishi uning professional o‘sish trayektoriyasidan darak beradi. “Manchester Siti”dagi mashg‘ulotlar va o‘yinlar orqali u katta murabbiylar va klublar diqqati markazida. Mutaxassislar tez orada uni jamoa yetakchilaridan biriga aylanishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

O‘zbek futboli uchun g‘ururli payt

Bu muvaffaqiyat O‘zbekiston futbol tarixida ilk bor qayd etildi. Hech bir o‘zbek futbolchisi bundan avval Osiyo reytingining yetakchi o‘rnini egallamagan. Xusanovning yuksalishi orqali butun dunyo o‘zbek futbolchilari salohiyatiga yana bir bor ishonch bilan qaray boshladi.

Abduqodir Xusanov bugun nafaqat "Manchester Siti"ning, balki butun Osiyoning yuziga aylanmoqda. Uning safida yana ko‘p qirralar, jahon futbolidagi katta sinovlar va buyuk g‘alabalar kutmoqda. O‘zbek futbol muxlislari esa uning har bir yutug‘ini faxr va iftixor bilan kuzatishda davom etadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?