date
views 6 028

Vitaliy Denisov Rossiyadagi jamoalardan biri undan 24 ming dollar qarz ekanini aytdi

Vitaliy Denisov Rossiyadagi jamoalardan biri undan 24 ming dollar qarz ekanini aytdi

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov Rossiyadagi faoliyatini eslab, o‘z vaqtida to‘p surgan Nijniy Novgorodning «Spartak» klubidagi vaziyatni xotirladi.

To‘g‘risini aytsam, «Spartak» hozirgacha mendan qarz. Bu summa 24 ming dollarni tashkil qiladi. Umuman bu jamoa tarkibida to‘p surganimda faqatgina bir marta oylik olganman», deya gapirib o‘tdi Denisov «Kult Tura» ko‘rsatuvida.

Eslatib o‘tamiz, Denisov nijniy novgorodliklar tarkibida 2006 yilda ijara asosida to‘p surgandi. O‘shanda u bir mavsumda 36 uchrashuvda maydonga tushib 1 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Denisov Rossiyadagi jamoalardan biri undan 24 ming dollar qarz ekanini aytdi