
O‘zbekiston terma jamoasining iqtidorli vingeri Abbos Fayzullayev joriy yozda Rossiyaning SSKA jamoasidan ketishi mumkin. Bu haqda sport insayderi Ivan Karpov o‘z efiri orqali ma’lumot berdi.
Karpovning ta’kidlashicha, Fayzullayevning Yevropa jamoasiga o‘tishi ehtimoli yuqori, ammo bu jarayon bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq.
“Abbos Yevropaga o‘tishni istayapti. Ammo buning uchun SSKAning talablari qondirilishi kerak, shuningdek, u rozi bo‘ladigan klub topilishi lozim. Hozirda muzokaralar davom etyapti va bunday imkoniyat, albatta, mavjud”, — dedi Karpov.
Ma’lumot uchun, Abbos Fayzullayev SSKA safidagi o‘yinlari orqali Rossiya Premer-ligasida o‘zini yaxshi tomonlama namoyon etdi va ko‘plab skautlarning e’tiborini tortdi. Uning texnik mahorati, tezligi va driblingdagi o‘ziga xosligi katta klublar uchun qiziqarli bo‘lib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Abbosning SSKA bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Shu sababli, uning transferi uchun kelishuvga erishish muhim ahamiyatga ega.
Mutaxassislar fikricha, Yevropa chempionatlarida o‘ynash Abbos uchun yangi bosqich bo‘lishi, uning salohiyatini yanada rivojlantirishi mumkin. Ayniqsa, top liga klublarida faoliyat olib borish uni xalqaro maydonda yanada kuchliroq namoyon etadi.
Yaqin haftalarda ushbu masala bo‘yicha aniqlashuvlar bo‘lishi va Fayzullayevning kelajagi yuzasidan rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar