
Kataloniyaning mashhur klubi "Barselona" yana moliyaviy bosim ostida qoldi. Yevropada qo‘llaniladigan moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilish uchun klub jiddiy choralar ko‘rishga majbur bo‘lmoqda.
Yaqinda darvozabon Joan Garsiyani 25 million yevro evaziga sotib olgan "Barsa" hujum chizig‘ini mustahkamlash uchun “Atletik” klubi yulduzi Niko Uilyams bilan ham kelishuvga yaqinlashmoqda. Ammo bu transferlar moliyaviy jihatdan balansni buzmasligi uchun, bosh murabbiy va rahbariyat 7 nafar futbolchidan voz kechishni reja qilmoqda.
Jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasida tajribali darvozabon Mark-Andre ter Stegen va uning yordamchisi Inyaki Penya ham bor. Shuningdek, yarim himoyachilardan Oriol Romeu va Pablo Torre, himoyachi Andreas Kristensen hamda hujumchilar Ansu Fati va Pau Viktor transfer ro‘yxatida turibdi.
Bu qaror muxlislar orasida turlicha munosabatlarga sabab bo‘lmoqda. Ayrimlar jamoa kelajagi uchun bu zarur qaror deb hisoblasa, boshqalar sevimli futbolchilarning ketishiga norozi. Ayniqsa, Ansu Fati va Ter Stegen kabi yulduzlar bilan xayrlashish g‘alati tuyulmoqda.
Shu bilan birga, klubning bosh maqsadi muvozanatni saqlab qolish va yangi transferlar uchun yo‘l ochishdir. "Barselona" bu choralar orqali yangi mavsumda yana yuqori maqsadlar sari intilishni ko‘zlamoqda. Muxlislar esa klub rahbariyatidan to‘g‘ri qarorlar va yuqori natijalar kutishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar