date

“Borussiya” dramali uchrashuvda g‘alaba qozonib, guruhda peshqadam bo‘ldi

“Borussiya” dramali uchrashuvda g‘alaba qozonib, guruhda peshqadam bo‘ldi
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati "F" guruhi 2-turidan o‘rin olgan yana bir bahs futbol muxlislari uchun haqiqiy dramaga aylandi. AQSHning Sinsinnati shahridagi "Ti-Kyu-El Stedium"da "Mamelodi Sandaunz" (Janubiy Afrika) va Dortmundning "Borussiya" jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Yevropaning ko‘zga ko‘ringan grandlaridan biri bo‘lgan "Borussiya" shiddatli va gollarga boy uchrashuvda 4:3 hisobida zafar quchdi.

O‘yinning 11-daqiqasida afrikaliklar safida Lukas Ribeyro hisobni ochib, jamoasiga erta ustunlikni ta’minladi. Biroq "Borussiya" bu hujumga tezda javob qaytarib, 16-daqiqada Feliks Nmecha tomonidan hisobni tenglashtirdi. 34-daqiqada hujumchi Seru Girassi jamoasini oldinga olib chiqdi va dortmundliklar bu ustunlikni yanada mustahkamlashga harakat qildi. Birinchi bo‘lim oxirida, 45-daqiqada Job Bellingem jamoaning uchinchi golini kiritdi va hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda ham “Borussiya” hujumkor o‘yin namoyish etishda davom etdi. 60-daqiqada "Mamelodi Sandaunz" himoyachisi Xuliso Muda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni katta farq bilan ortishiga sabab bo‘ldi. Biroq afrikalik futbolchilar tushkunlikka tushib qolmadi. 62-daqiqada Ikrom Reyners hisobni bitta to‘pga qisqartirdi. O‘yinning 90-daqiqasida Lebo Motiba g‘oliblik uchun so‘nggi intrigani qayta tiklab, hisobni 4:3 ko‘rinishiga olib keldi.

Gollarga boy va jonli kechgan bellashuvda “Borussiya” muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va 2 turdan so‘ng 4 ochko bilan “F” guruhida peshqadamlik qilishda davom etmoqda. “Mamelodi Sandaunz” esa 3 ochko bilan ikkinchi pog‘onada boryapti. Bu guruhda kurash yanada qizg‘in tus olishi aniq.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Borussiya” dramali uchrashuvda g‘alaba qozonib, guruhda peshqadam bo‘ldi