
Yaqin yillarda AQSHda futbol tom ma’noda inqilobiy o‘zgarishlar arafasida. FIFA prezidenti Janni Infantinoning ta’kidlashicha, endi futbol butun Amerika qit’asida eng ommabop va talab yuqori bo‘lgan sport turiga aylanishi mumkin. Uning fikricha, aynan AQSHda futbolni rivojlantirish FIFAning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
"Uch-to‘rt, ko‘pi bilan besh yildan so‘ng futbol Amerikada sportning mutlaq yetakchisiga aylanadi. Bu yerdagi liga dunyodagi eng kuchli va raqobatbardosh chempionatlardan biriga aylanishi aniq. Men buni o‘z ko‘zim bilan ko‘raman, bu haqiqatga aylanadi", — dedi Infantino o‘z intervyusida.
Infantino, shuningdek, AQSHda futbolni yanada ommalashtirish va raqobatni oshirish uchun jamoalar darajasini ko‘tarish va tushirish tizimini (promoushn-relegeyshn) joriy etishni taklif qildi. Bu sistema Yevropa chempionatlarida o‘z samarasini ko‘rsatgan va Amerika futboli uchun ham to‘liq mos kelishi mumkin.
Aytish kerakki, bugungi kunda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati AQSHda yuqori qiziqish uyg‘otmoqda, ammo ba’zi o‘yinlar uchun chiptalar narxi shunchalik arzonki, stadionlarni to‘ldirishning o‘zi alohida muammoga aylanyapti. Masalan, Misrning “Al-Ahli” va Lionel Messining “Inter Mayami” jamoalari o‘rtasidagi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati birinchi o‘yiniga chiptalar atigi 4 dollarga sotildi. Bu holat tomoshabinlarning qiziqish darajasi va marketing siyosati haqida o‘ylab ko‘rishga majbur qiladi.
FIFAning yangi siyosati, nufuzli jahon chempionatlari, yulduz futbolchilarning kelishi hamda milliy chempionatlarning modernizatsiya qilinishi Amerikada futbolning katta portlashga sabab bo‘lishi mumkin. Kelgusi yillarda mamlakatda futbol bo‘yicha yangi tarix yozilishi, millionlab yangi muxlislar paydo bo‘lishi va AQSHning futbol bozori global raqobatda yetakchi o‘rinni egallashini taxmin qilish mumkin.
Janni Infantinoning ishonchli prognozlari va AQSHda futbolning katta maqsadlar sari intilishi futbol dunyosida yangi davr boshlanganidan darak beradi. Demak, Amerikada futbolning yorqin kelajagi endi boshlanmoqda! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar