date

SSKA bosh murabbiyi Chelestini maosh sababli qamalish xavfi ostida qoldi

SSKA bosh murabbiyi Chelestini maosh sababli qamalish xavfi ostida qoldi
Moskvaning SSKA jamoasida yangi bosh murabbiy lavozimini egallagan shveysariyalik Fabio Chelestini faoliyatida noodatiy va jiddiy muammo yuzaga keldi. Jahon futbolida bunday holat kamdan-kam uchraydi: bosh murabbiy o‘z yurtidagi qonunlar tufayli Rossiyadagi klubdan olgan maoshi uchun jazoga tortilishi mumkin.

Blick nashri yozishicha, muammo SSKAning titul homiysi — “VEB Bank” Yevropa Ittifoqi tomonidan sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganida. Shu tufayli, Shveysariya qonunchiligiga muvofiq, sanksiyalar ostidagi yuridik yoki fizik shaxsdan haq olish qonunan man qilingan. Bu esa Fabio Chelestinining Rossiya klubida ishlashi va maoshini qonuniy tarzda qabul qilishida murakkab vaziyatni keltirib chiqarmoqda.

Eng qizig‘i, agar shveysariyalik mutaxassis Rossiyada topgan maoshini o‘z yurtidagi bank hisob raqamiga o‘tkazsa, unga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi mumkin. Aniqrog‘i, Chelestiniga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanishi ehtimoli bor. Mazkur holatda, u Rossiyada ishlagan pullarini Shveysariyada sarflamasligi talab etiladi. Faqat shunda murabbiy jinoiy javobgarlikdan qutiladi.

SSKA rahbariyati va Fabio Chelestini bu muammoni qanday hal etishi hozircha noaniqligicha qolmoqda. Murabbiyning Rossiyadagi maoshi, uning Yevropa Ittifoqi va Shveysariya qonunlari bilan o‘zaro bog‘liq muammolari futbol olamida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.

Bu voqea xalqaro futbolda siyosiy va iqtisodiy sanksiyalarning sportga qanday ta’sir o‘tkazishiga yana bir yorqin misol bo‘lib xizmat qilmoqda. SSKA muxlislari esa o‘z yangi murabbiyi faoliyatida barcha to‘siqlar yechilib, jamoa oldinga intilishini tilamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » SSKA bosh murabbiyi Chelestini maosh sababli qamalish xavfi ostida qoldi