
Superliganing 14-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Mash’al" bahsi yakuniga yetdi. Ushbu bellashuvda maydon egalari raqib darvozasiga javobsiz 6 ta to‘p kiritdi.
Uchrashuvda asociy ustunlik mezbonlarda bo‘ldi. 7-daqiqada Alisher Odilov hisobni ochgan bo‘lsa, 22-daqiqada Ruslanbek Jiyanov hisobni ikkitaga oshirdi. 37-daqiqaga kelib Zabihullo O‘rinboyev hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Abbosjon G‘ulomov 39-daqiqada gol urib, uchrashuv masalasini hal qildi.
Aynan G‘ulomov 53-daqiqada yana gol urdi. Oltinchi gol muallifi esa 84-daqiqada Pedro Augusto bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng namanganliklar 26 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. Muborakliklar esa 15 ochko bilan 9-pog‘onadan joy olgan.
"Navbahor" – "Mash’al" 6:0
Gollar: Alisher Odilov (Igor Gabriyel) 7, 1:0, Ruslanbek Jiyanov (penalti) 22, 2:0, Zabihillo O‘rinboyev (Ruslanbek Jiyanov) 37, 3:0, Abbosjon G‘ulomov (Ruslanbek Jiyanov), 39, 4:0, Abbos G‘ulomov (Ruslanbek Jiyanov) 54, 5:0, Pedro Augusto (Shohmalik Komilov) 84, 6:0
“Navbahor”: 16. Shukron Yuldashev, 7. Azimjon Axmedov ( 8. Shohmalik Komilov, 46), 9. Zabihillo O‘rinboyev (29. Pedro Augusto,66), 12. Saidazamat Mirsaidov, 13. Benjamin Teidi (15. Javohir Abdujabborov, 80), 17. Ruslanbek Jiyanov ( 71. Navro‘zbek Iminjonov, 66) 19. Mirzoxid Gafurov ( 32. Muxammadbobir Mo‘ydinov,66), 33. Sergey Karpovich, 37. Alisher Odilov, 70. Abbosjon G‘ulomov, 99. Gabriyel Igor.
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 6. Sherzod G‘ulomjonov, 24. Dostonbek Abdulxayev, 55. Komiljon Tojidinov.
“Mash’al”: 35. Dostonbek To‘xtaboyev, 2. Mudasiru Salifu ( 6. Javohir Abdualimov, 46), 7. Islombek Baratov ( 9. Ibrohim G‘anixonov, 65), 8. Sardor Abduraimov (96. Ibroxim No‘monov, 79) 10. Humoyun Murtozayev ( 32. Muxammadbobir Mo‘ydinov,79), 15. Muhammadali Aliqulov, 17. Anvar Murodov, 22. Nurjahon Muzaffarov, 28. Ergash Ismoilov, 34. Shaxboz Jo‘rayev, 37. Sherzod Fayziyev (24. Avazxon Mamatxo‘jayev, 46).
Zaxira: 1. Umidjon Hamroyev, 18. Dilshod Rahmatullayev, 19. Islom Sharipov, 77. Jamshid Hasanov.
Ogohlantirish: Dostonbek To‘xtaboyev ("Mash’al") 21, Shahboz Jo‘rayev ("Mash’al") 88, Sergey Karpovich ("Navbahor") 89. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar