
Londonning «Arsenal» jamoasi hujumchisi Teo Uolkott o‘z nomini «Ginness rekordlar kitobi»ga kiritdi. U to‘p bilan muomala qilishni yaxshi o‘zlashtirgani tufayli shunday natijani qo‘lga kirita oldi.

Rekord qayd etilishi uchun 27 yoshli futbolchi 34 metrlik maxsus minoradan tashlangan to‘pni qabul qilib olishi hamda kamida 5 marta erga tushirmasdan tepishi kerak edi.
Bu natijani Teoning jamoadoshlari Loran Koselni, Nacho Monreal va Fransis Koklen ham bajarishga urinishgan, ammo omad faqat Uolkottga kulib boqdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar