Arsenal iqtidori Max Dowman Angliya Premer-ligasida yangi rekord oʻrnatdi

1 daqiqa o'qish323
Arsenal iqtidori Max Dowman Angliya Premer-ligasida yangi rekord oʻrnatdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Arsenal yulduzi Max Dowman Kristal Pelasga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yosh start tarkib o'yinchisiga aylandi.
  • Selhurst Park stadionida 16 yosh-u 144 kunligida maydonga tushgan futbolchi 2008-yilda Everton safida 16 yosh-u 198 kunligida debyut qilgan Jose Baxter o'rnatgan rekordni yangiladi.

Arsenal jamoasining yosh yulduzi Max Dowman Angliya Premer-ligasi tarixida asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylanib, yana bir bor oʻz ismini tarix zarvaraqlariga muhrladi. 16 yoshli futbolchi Mikel Arteta tomonidan Kristal Pelasga qarshi mavsumning soʻnggi oʻyinida asosiy tarkibga kiritildi va qariyb yigirma yildan beri yangilanmay kelayotgan rekordni yangiladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

2025-26-yilgi mavsum Arsenal uchun unutilmas kechdi va Dowman ushbu muvaffaqiyatli yurishni navbatdagi marra bilan yakunladi. Selhurst Park stadionida 16 yosh-u 144 kunligida maydonga tushgan Max Dowman, Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yosh start tarkib oʻyinchisiga aylandi. Ushbu voqea yanada ahamiyatli boʻlishiga sabab, yangi chempion sifatida maydonga tushgan Arsenal jamoasini raqiblar faxriy qorovul safida kutib olishdi.

Ushbu natija bilan Dowman 2008-yilda Everton safida 16 yosh-u 198 kunligida debyut qilgan Jose Baxter oʻrnatgan rekordni ortda qoldirdi. Arsenal akademiyasi tarbiyalanuvchisi Mikel Arteta qoʻl ostida shiddatli oʻsishga erishdi va yosh shunchaki raqam ekanligini isbotlab, asosiy jamoaning chempionlik tantanalariga qoʻshildi.

Kristal Pelasga qarshi oʻyin yosh iqtidor egasining joriy mavsumdagi yagona yutugʻi emas. 2025-yil avgustida u 15 yosh-u 235 kunligida Angliya Premer-ligasida debyut qilgan eng yosh oʻyinchi boʻlgan edi. Noyabr oyida esa 15 yosh-u 308 kunligida Chempionlar ligasi tarixidagi eng yosh futbolchi sifatida qayd etildi. Mart oyida esa Everton darvozasiga gol urib, 16 yosh-u 73 kunligida turnir tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylangan edi.

Ichki chempionatda beshta oʻyinda ishtirok etgan Max Dowman rasman Angliya Premer-ligasi gʻolibiga aylandi. Bu 16 yoshli har qanday futbolchi faqat orzu qilishi mumkin boʻlgan professional debyut mavsumi boʻldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?