
Amerikada o‘tayotgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati pley-off bosqichida “Manchester Siti”ning “Al-Hilol”ga qarshi yutqazgan sensatsion mag‘lubiyati katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu o‘yinda “shaharliklar” asosiy posboni Ederson kutilgan darajada o‘ynay olmadi va bu holat murabbiylar shtabida unga bo‘lgan ishonchning jiddiy pasayishiga olib keldi.
Fichajes nashri manbalariga ko‘ra, Xosep Gvardiola mavsum yakunlanishi bilan jamoa darvozasini kuchaytirish masalasini ustuvor vazifa sifatida belgilagan. Murabbiyning e’tibori so‘nggi yillarda “Portu” safida yuqori darajadagi o‘yinlari bilan tanilgan 25 yoshli portugaliyalik Diogu Koshtaga qaratilayotgani ma’lum qilindi.
Gvardiola jamoadagi har bir darvozabondan nafaqat klassik himoya, balki zamonaviy talablar — to‘pni oyoq bilan aniq uzata olishni ham talab qiladi. Ekspertlar Diogu Koshtaning bu jihatdan ideal nomzod ekanini ta’kidlamoqda: u har qanday masofadan aniq paslar bera oladi va “Portu”da o‘zini mustahkam isbotlagan.
Portugaliyaliklar o‘z darvozabonini 75 million yevro qiymatda baholagan. Ammo “Manchester Siti” strategik ahamiyatga ega bunday transferdan mablag‘ni ayamasligi aytilmoqda. Ayniqsa, jamoada darvozabonlar o‘yinida barqarorlik yo‘qolgan bir paytda, yangi posbon jamoa rivoji uchun muhim qadam bo‘ladi.
Muxlislar va ekspertlar “Siti”da yangi davr boshlanishi, Gvardiolaning eski ishonchlaridan voz kechib, zamonaviy futbolga mos qarorlar qabul qilishi kutilmoqda. Darvozabonlar borasidagi bu transfer siyosati jamoaning Yevropa va ichki maydonlardagi natijalariga qanday ta’sir ko‘rsatadi — bu savolga yaqin mavsumda javob aniq bo‘ladi.
Sizningcha, “Siti” uchun Diogu Koshta eng to‘g‘ri tanlovmi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar