Yevropa futbol bozorida yozgi transferlar oynasi yana qizg‘in pallaga kirdi va bu jarayonda o‘zbekistonlik yulduz Eldor Shomurodov nomi yana bir bor markazda turibdi. Mavsum yakunlanishi bilan “Roma” safidagi kelajagi haqida turli taxminlar paydo bo‘ldi — oxirgi haftalarda esa bu xabarlar yanada ko‘paydi. A Seriyada yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatgan, “Roma”ni Yevropa kuboklariga olib chiqqan Shomurodovga turli mamlakatlardan, jumladan AQSH, Fransiya, Turkiya va Italiyaning o‘zidan takliflar kelgani haqida ma’lumotlar tarqaldi.
Ayniqsa, keyingi kunlarda uning kelajagi atrofida intriga yanada kuchaydi — avval “Kremoneze”, so‘ngra Turkiyaning “Bashakshehir” va Fransiyaning “Renn” klublari orasida kurash borligi haqida yozildi. Ammo so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, istalgan transferda favorit sifatida aynan “Bashakshehir” ilgarilamoqda. Turkiyalik insayder Salim Manavning nufuzli manbaga — Ajansspor agentligiga bergan axborotiga ko‘ra, Istanbul klubi “Roma” bilan muzokaralarda to‘liq kelishuvga erishdi va futbolchining o‘zi ham yangi jamoaga o‘tishga rozilik bildirgan.
- So‘nggi daqiqalarda transfer haqida ma’lumot olindi. Turkiya Superligasida ishtirok etayotgan “Bashakshehir” hujum chizig‘ini kuchaytirdi. Istanbul klubi “Roma”dan Eldor Shomurodovni olishni harakat qilayotgan edi.
Manbadan olingan xabarga ko‘ra, “Bashakshehir” va “Roma” o‘rtasidagi Eldor Shomurodovning transferi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, klub 30 yoshli hujumchining o‘zini ham ko‘ndirgan, - deb yozdi ajansspor.com sayti jurnalisti Arif Jan Yildiz.

Jurnalist Arif Jan Yildizning ta’kidlashicha, “Bashakshehir” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Shomurodovga ishonch bildirgan va “Roma”dan uni rasman olishga bir qadam qolgan. Bu jarayon haqida Italiyada ham — xususan, laroma24.it va siamolaroma.it kabi yirik sport saytlari doimiy tarzda xabar tarqatib, transfer yakuniy bosqichda ekani va muzokaralar ijobiy yakun topishi kutilmoqda, deb yozmoqda.
- Eldor Shomurodov “Roma”ni butkul tark etib, Turkiyaga ko‘chib o‘tishga yaqin. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Bashakshehir”, rimliklarni ham, o‘zbek hujumchisini ham transferga ko‘ndirgan.
Shunday qilib, muzokaralar yakuniy bosqichda va ijobiy hal bo‘lish arafasida. Bu Shomurodovning Italiya poytaxtidagi sarguzashtlari yakunlanayotganidan dalolat beradi, - deb yozmoqda laroma24.it sayti.

- O‘zbek hujumchisi turk klubiga o‘tishiga bir qadam qoldi. Turkiyadan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, Shomurodovga “Bashakshehir”ga qo‘shilishga juda yaqin turibdi. Istanbulliklar “Roma” va Shomurodovning roziligini olgan. Endi rimliklar Eldorning o‘rnini kim bilan to‘ldirish haqida bosh qotirishi kerak.
Temmi Abraxam “Beshiktosh”ga o‘tadigan bo‘ldi, Shomurodovning ham ketishi Federiko Massarani transfer bozoriga kirishga majbur qiladi. Chunki klubda faqatgina bitta markaziy hujumchi Artyom Dovbikning qolayotgani yangi forvard olishni talab etadi. Ayni paytda bir necha hujumchining nomi “Roma” bilan bog‘lanmoqda, - deb yozdi siamolaroma.it portali.

Italiya matbuoti ushbu transfer ortidan “Roma”da ham katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini qayd etmoqda. Jan Pero Gasperini bosh murabbiylikka tayinlanganidan so‘ng, sport direktori Federiko Massara asosiy markaziy hujumchi sifatida yangilik olib kelish uchun transfer bozorida faol harakat qilmoqda. Bu orada, “Beshiktosh”ga o‘tayotgan Abraxam va ketishi arafasida turgan Shomurodovning joyini kim egallashi klub rahbariyati uchun muhim savolga aylandi.
Bir so‘z bilan aytganda, Eldor Shomurodov transferi Yevropadagi eng kutilgan va qizg‘in muhokama qilinayotgan jarayonlardan biriga aylandi. Ayrim manbalar turli xabarlarni tarqatmoqda va vaziyat doimo o‘zgarib turibdi — shu bois, rasmiy ma’lumotlarni kutgan holda, yaqin kunlarda bu intriganing finalini ko‘ramiz. Hozircha aniq bir narsa bor: Eldor Shomurodovning yangi jamoasi futbol muxlislari uchun albatta katta qiziqish uyg‘otadi.
Sizningcha, Shomurodov Turkiyada o‘z o‘yinlarini yangi darajaga ko‘tara oladimi yoki “Roma”da qolish varianti hamon saqlanib qoladimi? Yaqin vaqtda bu savolga javob aniq bo‘ladi! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar